O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2025-yil 22-avgustdagi 385-son buyrug‘iga asosan Chirchiq shahar 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tassarufidagi bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari hamda maktab direktorlarining o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni yagona shaklda yuritish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yuritiladigan ish hujjatlarini maqbullashtirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.