Assalomu alaykum!
ANGREN SHAHAR 9-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING RASMIY SAYTIGA XUSH KELIBSIZ!
Xalqimiz milliy madaniyati va san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos maktab va an’analarini rivojlantirish yo‘lida hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik navqiron avlod ma’naviyatini yanada yuksaltirish, istiqlol yillarida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda erishgan yutuqlarimizni jahonga namoyon etishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Bizning 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabimiz 1960-yilda Angren shahrida Xamza nomidagi 1-sonli bolalar musiqa maktab bo‘lib ochilgan. Maktabning birinchi direktori etib Yuriy Lomakin tayinlangan. Maktabda dastlab fortepiano, torli cholg‘ular (skripka), damli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari kabi yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan.
1973-yildan 1997-yilgacha maktab Xamza nomidagi 2-sonli bolalar musiqa maktabi deb yuritilgan. 1997-yil maktabda san’at yo‘nalishi ham ochilib, maktab raqami va nomi 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘zgartirilgan.
Bolalar musiqa maktabiga turli yillarda quyidagilar rahbarlik qilgan:
1960-1965-yillar – Yu.G.Lomakin;
1965-1966 yillar – Ya.B. Shul`dais;
1966-1997-yillar – O. Karatayeva;
1997-2000-yillar – Barantsayev Aleksandr Vasil`yevich;
2002-2012-yillar – Xamzayev Nuri Xamzayevich;
2012-2014-yillar – Abdullayev Burxon Pulatovich;
2014-2016-yillar – Achilova Djamilya Tajibayevich;
2016-2025-yillar – Saidov Axmatsultan Abdumanabovich.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-910-sonli qaroriga muvofiq, 2012-yilda maktab to‘liq qayta ta’mirlanib topshirildi. Maktabning moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, zamonaviy musiqa cholg‘ulari, ovoz kuchaytirgich, mebel va uskunalar bilan ta’minlandi.
Bolalar musiqa va san’at maktabining butun faoliyati davomida maktab o‘quvchilari nafaqat shahar, tuman, viloyat balki respublika, sobiq ittifoq miqyosidagi turli tadbirlar va tanlovlarda ishtirok etishgan.
Maktabning ba’zi bitiruvchilari hozirgi kunda musiqa va san’at soxasidagi o‘z faoliyatlarini respublikadan tashqarida - Rossiya, MDH davlatlari, AQSH va Evropa davlatlarida ham olib borishmoqda. Bundan tashqari maktabning ko‘plab sobiq bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlarini tugatib, bugungi kunda o‘zimizning maktabimizda o‘quvchilarga san’at sirlaridan saboq berib kelishmoqda.
Maktab o‘quvchilari viloyat, respublika va xalqaro miqyosida o‘tkazib kelinayotgan barcha tanlovlarda hamda tadbirlarda faol qatnashib kelishmoqda. Ayniqsa Fortepiano yo‘nalishi o‘qituvchisi F.M.Mamatova, Tasviriy san`at yo‘nalishi o‘qituvchilari L.A.Tronevish, N.B.Giyasova, D.J.Choriyaevlar, Amaliy san`at yo‘nalishi o‘qituvchilari N.Sh.Boirova, D.N.Qurolova, hamda Xoreografiya yo‘nalishi o‘qituvchilari S.S.Babadjanova, G.S.Tuxtasunova va N.A.Kamilovalar rahbarligidagi shahar, viloyat miqyosidagi barcha tadbirlarning faol ishtirokchilaridir. So‘nggi vaqtlarda onlayn tanlovlar, shu jumladan, xalqaro miqyosdagi tanlovlar juda ommalashmoqda. Maktabimiz o‘quvchilari ushbu tanlovlarda ham o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Bundan tashqari ya`na respublika, viloyat, shahar barcha bayram tadbirlarida Xalq cholg`ulari yo‘nalishi Doira fani o‘qituvchilari N.N.Xudayberdiyev, Yu.X.Xamroyev, S.S.Nidoyevlar, An`anaviy xonandalik yo‘nalishi o‘qituvchisi A.R.Kukiyev, Estrada xonandalik yo‘nalishi F.O‘. Qurbonovlar o‘z o‘quvchilari bilan faol qatnashib kelmoqdalar. Kelgusidagi ustuvor vazifalarimiz maktabdagi mavjud barcha yo‘nalishlar faoliyatini yanada rivojlantirish va yangi innovatsion sifatli ta’lim berish maqsadimizdir.
Farzandlaringizni bizning iqtidorlilar maskanida ko‘rishdan doimo xursandmiz.
ANGREN SHAHAR 9-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI DIREKTORI VAZIFASINI BAJARUVCHI
ERGASHEVA
АZIZA XAYTMUXAMETOVNA