Joriy yilning 27-sentyabr kuni Angren shahar tarixi muzeyida 1-oktyabr – o‘qituvchilar va muallimlar kuniga bag‘ishlangan “Muallim olamning yorug‘ chirog‘i” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining “Karamelka” raqs guruhi faol ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida A. X. Ergasheva, F. M. Mamatova, S. S. Babadjanova, M. P. Madaminovalar tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdirlandilar.