Joriy yilning 10-oktyabr kuni rossiyalik bir guruh ijodkorlar Parkent tumani 29-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, maktab jamoasi bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdilar. Mehmonlarga O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi a’zolari hamrohlik qildilar
Tashrif davomida mehmonlar maktabning ta’lim jarayoni, o‘qituvchilarning ish tajribasi hamda akademik xonandalik, fortepiano, nazariy fanlar, xoreografiya, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashdilar.