Har haftaning Payshanba kuni joylarda yoshlar bilan uchrashish, ularning muammolari va takliflarini eshitish an’anaga aylangan.
Shunday uchrashuvlardan biri joriy yilning 24-sentyabr kuni Angren shahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Eraliyeva hamda Angrgen shahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori V. Abduvaliyev ishtirok etishdi.
Ushrashuvda yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar, sohaga oid yangi qaror va farmonlar muhokama qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida amaliyotda qo‘llash xususida fikr almashildi.