Maktab yangiliklari

Akademik xonandaligi ijrochilari bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 22-sentabr kuni Oqqo‘rg‘on tumani 25-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida ijodiy uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ustozlar bilan samimiy muloqot qilish, yangi g‘oyalar va ilhom olish, qiziqarli chiqishlarni tomosha qilish, ijodiy tajriba almashish hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston xalq artisti, “Opera san’ati” ijodiy birlashmasi raisi Avazxon Akbarovich Rajabov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Ruslan Rayetovich Gafarov ishtirok etdilar.

Musiqa, ijod va tajriba almashinuviga boy ushbu uchrashuv yosh ijodkorlar uchun yangi bilim, ilhom va motivatsiya manbai bo‘ldi.