Maktab yangiliklari

Uch avlod uchrashuvi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida yoz oylarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Joriy yilning 9-avgust sanasida Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Nuroniylar kengashi rahbari E.Karabayev, 9-sonli BMSM direktori A.Saidov, tadbirkor Sh.Saidova, R. O‘razbayevalar hamda mahalla faol xotin qizlari, uzoq yillik tajribaga ega nuroniylar o‘zlarining hayotda bosib o‘tgan hayot yo‘lari haqida so‘zlab berdilar. Ular o‘sib kelayotgan yoshlar uchun qimmatli maslahatlarini berib o‘tdilar. Tadbirda ishtirok etgn 7-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi musiqa rahbari U. Jumayev, 9-sonli BMSM oʼqituvchilari N. Kamilova, M. Madaminova, xoreografiya yoʼnalishi oʼquvchilarining shoʼx kuy- raqslari barcha kelganlarda ajoyib taassurot qoldirdi.