Maktab yangiliklari

Tashviqot ishlari olib borildi

Toshkent viloyati Angren shahar 9-BMSMning xoreografiya yo'nalishi oʻqituvchisi N.A. Kamilova 2025-2026-oʻquv yilining soʻngi kunlarida shahrimizdagi 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘ldi. U yerdagi o‘quvchilar oʻrtasida gimnastika va raqsga qiziqadigan qizlar bilan suhbat olib bordi. Shuningdek, yozgi tatilda ham boʻsh oʻtirmaslik va zerkmaslik maqsadida gimnastika-raqs to‘garaklariga qatnashish taklif qilindi. O‘quvchilar bilan qiziqarli va samarali suhbat olib borildi.