Joriy yilning 5-may kuni “Angren” sanʼat saroyida Angren shahri aholisi uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xonanda Dildora Niyozovaning konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 9-bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya yo‘nalishi o‘qituvchisi N. A.Kamilova boshchiligidagi “Mukarramaxonim izdoshlari” bolalar raqs jamoasi ishtirok etdi. Yosh raqqosalar “Doira popurrisi”, “Atlas ko‘ylagim” hamda “Xorazimcha” raqslarini ijro etishdi.