Maktab yangiliklari

Dolzarb 90 kun loyihasi amalda!

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi – yosh avlod tarbiyasi va ta’limining muhim bosqichi sifatida amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu loyiha bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyadan uzilib qolmasligini ta’minlash, ma’naviy va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Angren shahar 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari yozgi ta’til kunlari bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazmoqdalar. Maktab pedagoglari belgilangan jadvalga muvofiq mashg‘ulotlarni o‘tmoqda.