Respublikamiz bo‘ylab 13–17 aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida 15-aprel kuni Angren shahar axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli ijodkor Qudrat Odinayev bilan “Kitob va ijodkor uchrashgan lahza” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Angren shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A. Shaxanov, 4-son Texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari, 9-BMSM o‘quvchilari hamda shoirning shogirdlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida texnikum o‘quvchilari ijodkorning she’rlaridan namunalarni yoddan o‘qib berdi. Shoir esa o‘z ijodiy faoliyati, she’rlari yaratilish tarixi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.Oquvchilar bergan savollarga ijodkor batafsil javob berdi. 9-BMSM o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan raqslar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida eng yaxshi savol egalariga shoir o‘z kitoblarini tuhfa qildi.