Maktab yangiliklari

Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi

Joriy yilning 11-12-aprel kunlari maktab xodimlari uchun Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida xodimlar tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishish, boy madaniy merosimizni o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.

Safar jarayonida xodimlar Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdilar. Bu muqaddas maskanda ulug‘ muhaddisning hayoti va ilmiy merosi haqida ma’lumotlar berildi. Xodimlar majmua hududi, masjid va ziyorat joylarini tomosha qilib, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosning ahamiyatini chuqur his etdilar.

Mazkur sayohat maktab xodimlarining tarixiy xotirasini boyitadi. Shuningdek, bunday safarlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni yurtimizning muqaddas qadamjolari va tarixiy obidalariga qiziqishini oshiradi.