Maktab yangiliklari

Xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

2026-yil 7-aprel kuni 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur mahorat darsi Toshkent shahar Xoreografiya akademiyasi malakali o‘qituvchilari tomonidan yuqori saviyada olib borildi.

Dars davomida o‘quvchilarga raqs san’atining nozik jihatlari, harakatlar uyg‘unligi hamda sahna madaniyati haqida qimmatli bilim va ko‘nikmalar berildi. Mahorat darsi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.