Maktab yangiliklari

E. Ro‘ziyeva musiqa nazariyasi fanidan mahorat darsi o‘tkazdi

2026-yil 7-aprel kuni 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Respublika musiqa va san’at texnikumi “Musiqa nazariyasi” kafedrasi mudiri Ro‘ziyeva E’zoza boshchiligida mahorat darsi tashkil etildi. Ushbu mahorat darsida o‘quvchilarga musiqa nazariyasining muhim jihatlari, amaliy ko‘nikmalar hamda ijodiy yondashuv asoslari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Dars jarayoni qiziqarli va samarali tarzda olib borilib, o‘quvchilar faol ishtirok etdilar, hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mazkur mahorat darsi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.