2026-yil 7-aprel kuni 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Qudratilla Qobilqoriyev maktabimizga tashrif buyurib, “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida mahorat darsi o‘tkazdi.
Mazkur mahorat darsida o‘quvchilarga xalq cholg‘ularidan biri bo‘lgan doira sozini ijro etish usullari, ritmik zarblar, qo‘l harakatlari hamda ijro madaniyati haqida qimmatli bilim va ko‘nikmalar berildi. Dars davomida o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlar orqali doira chalish sirlarini o‘rgandilar va faol ishtirok etdilar.