Mart oyi maktabimiz o‘quvchilari uchun g‘alabalarga boy oy bo‘ldi.
Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Nuray Art Fest nomli Xalqaro ko‘rik tanlovda tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilari Sunnatullayeva Asalxon, Nurillaxonova Shabbonaxon va Nurillaxonova Ruxshonaxon Gran pri sohibаlari bo‘lishdi. O‘qitucvhi Giyasova Nilufar Barotbayevna.
Xalq cholg‘ulari bo‘limi chang sinfi o‘quvchisi Yakubova Shodiya ham o‘z yo‘nalishida Gran Pri sohibi bo‘ldi. O‘qutuvchi Sarvinoz Madaminova.
Shuningdek, xoreografiya yo‘nalishi «Bahor» ansambli ham Gran Pri sohibi bo‘ldi.
Xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilari Xorazm viloyati Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan “KHIVA ART FEST-2026” xalqaro ijodiy tanlovida ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
O‘quvchilar: Babadjanova Sayyora Seyfatdinovna hamda Madaminova Moxidilxon Pulatjanovnalar.
Iqtidorli o‘quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyatlar bilan tabriklaymiz va kelgusida ijodiy parvozlar tilaymiz.