Maktab yangiliklari

Maktabimizda xayriya hashari boʻlib oʻtdi

“Hashar — elga yarashar” degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko‘chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.

Joriy yilning 14-mart kuni maktabimizda Navroʻz bayrami va Roʻza hayiti arafasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida xayriya hashari boʻlib oʻtdi.

Kun davomida maktab hududi, bino ichi, o‘quv xonalari tozalanib chiroyli holatga keltirildi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Men ham koʻchat ekaman» aksiyasi oʻtkazilib maktab hududida daraxt va buta koʻchatlari ekildi.

Hasharda butun jamoa a’zolari faol ishtirok etishdi.