Joriy yilning 21-fevral kuni Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Ijod maskani” turkumi tadbirlar doirasida an’anaviy xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi. Mahorat darsi Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’at instituti katta o‘qituvchisi, “Nihol” mukofoti sovrindori Nazarov Doniyor Baxromovich tomonidan o‘tkazildi. Mahorat darsi jonli ijrolar, savol-javoblar va foydali tavsiyalar bilan boyitildi.