Maktab yangiliklari

Xoreografiya bo‘limining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan xoreografiya bo‘limining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilarimiz o‘zlarining go‘zal raqs chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.

Konsertga 34-sonli tayanch harakat a’zolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir so‘ngida bolajonlar e’tibor va mehr ramzi sifatida sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Bayram barchaga ko‘tarinki ruh va quvonch ulashdi.