Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Angren shahar hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Angren shahar bo‘linmasi, Angren shahar madaniyat bo‘limi hamkorligida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy, hamda, buyuk sarkarda, shoir va davlat asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda shahar hokimi maslahatchisi Nargiza Nazarova, madaniyat bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi Rashidxon Qodirxonov, 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Ergasheva Aziza Xaytmuxammedovna ishtirok etib, so‘zga chiqdilar. Ular o‘z nutqlarida Navoiy va Boburning o‘zbek adabiyoti, davlatchilik tarixi hamda milliy ma’naviyatimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘z yuritdilar. Yosh avlodni ularning boy ilmiy va adabiy merosini o‘rganishga chorladilar.Tadbirni 9-sonli BMSM ananaviy xonandalik sinfi o‘qituvchisi Kukiyev Azizbek Rustamovich, Shermatov Baxrom Shermamatovich, Juraeva Nigora Boyxurozovnalar tashkillashtirdilar.