Alisher Navoiy so‘z san’ati orqali millatning ma’naviy boyligini yuksaltirgan, falsafiy tafakkur va insoniy qadriyatlarni yuksak badiiy ifodaga keltirgan buyuk mutafakkirdir.
2026-yil 6-fevral kuni Angren shahar AKMda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l” mavzusida ma’naviy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2-sonli texnikumning o‘qituvchi va o‘quvchilari, 9-bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi ishtirok etdi. Tadbir davomida texnikum o‘quvchilari tomonidan A.Navoiy ijodidan g‘azal va ruboiylar yoddan o‘qilib, shoir merosining ma’naviy-axloqiy ahamiyati keng yoritildi. Shuningdek, 9-BMSM baletmeysteri, pedagog M. Madaminova rahbarligidagi “Karamelka” raqs ansambli tomonidan ijro etilgan raqslar tadbirga badiiy ruh bag‘ishladi.
Kutubxona xodimlari tomonidan A. Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina o‘yini tashkil etilib, ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.