2026-yil 4-fevral kuni maktabda jaz yo‘nalishiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda fortepiano yo‘nalishi o‘qituvchilari tomonidan jaz uslubidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. Konsert davomida fortepiano sadolari sahna yorug‘liklari bilan uyg‘unlashib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.