Joriy yilning 12-yanvar kuni Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi pedagogik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2025-2026-o‘quv yili 2-choragida amalga oshirilgan ishlar, hamda, 3-chorak uchun rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha barcha bo‘lim boshliqlari hamda maktab direktorining o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining hisobotlari tinglandi. Maktab direktori tomonidan ma’sullarga ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchi yoshlar iste’dodini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar va topshiriqlar berildi.