Maktab yangiliklari

Maktabda “Ma’naviyat soati” tashkil etildi

Joriy yilning 18-iyul kuni Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida siyosiy ma’rifat soati doirasida xodimlar ishtirokida haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. Ushbu tadbirda o‘tgan hafta davomida yurtimiz va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqealar, shuningdek «Tizimli fikrlash: tamoyil va texnologiyalar» mavzusida maktab rahbari A. A. Saidov tomonidan maʼruza o‘qildi.