Joriy yilning 23-dekabr kuni Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining tasviriy san’at yo‘nalishi o‘qituvchisi N. B. Giyasova kompozitsiya fanidan 3-4 sinflar uchun “Tasviriy san’at va o‘zbek musiqalarini uyg‘unlashtirish orqali kompozitsiya yaratishni o‘rgatish” mavzusida ochiq dars o‘tdi.
Shuningdek, xalq cholg‘ulari bo‘limi doira sinfi o‘qituvchisi Xamroyev Yusufali Xusanovich o‘quvchilari Asatullayev Muhammadrizo va Abdaliyev Dilnurbek bilan “Doira musiqa asbobini o‘rganish qoidalari.Amaliy va nazariy qoidalari” mavzusida ochiq dars mashg‘ulotini o‘tkazdi.