Maktabimizning tasviriy sanʼat yo‘nalishi o‘quvchilari ijodiy dunyoqarashlarni kengaytirish, sanʼatga bo‘lgan qiziiqisharini yanada oshirish maqsadida Angren shahar 42219-sonli garnizonida tashkil etilgan ko‘rgazmali tadbirda ishtirok ettilar. Mazkur ko‘rgazmada turli janr va uslublarda yaratilgan sanʼat asarlari namoyish etilib o‘quvchilar rassomlarning ijodiy yondashuvi, ranglar uyg‘unligi va badiiy ifoda vositalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.