Joriy yilning 5-dekabr kuni 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Dastur davomida o‘quvchilarimiz tomonidan vatan,tinchlik, qonun ustuvorligi va fuqarolik burchi mavzularida kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy nomerlar namoyish etildi. Tadbirda o‘quvchilarning ijodkorligi, sahna madaniyati va badiiy mahorati yorqin namoyon bo‘ldi.Konsert darsturi Konstitutsiyamizning qadr-qimmati, uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada chuqur anglashga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilari va tomoshabinlar uchun unutilmas ma’naviy boylik baxsh etgan kun bo‘ldi.
Tadbirni maktab o‘qituvchilari Kamilova Nazira Abdikaxxorovna, Qurolova Dilnur Nodirjonovna va Jo‘rayeva Nigora Boyxo‘rozovna tashkillashtirdi.