Angren shaxar 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining xoreografiya yo‘nalishi oʼqituvchisi Kamilova N.A hamda “Mukarrammaxonim izdoshlari” bolalar raqs jamoasi 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yana bir bor shahrimizdagi 9-imkoniyati cheklangan maxsus bolalar maktabiga o‘quvchilarni tabriklash maqsadida tashrif buyurdi.
Tadbirda shahar hokimi va mehmonlar, shuningdek, ota-onalar o‘z farzandlari bilan qatnashdilar. “Mexr ulashing!” shiori ostidagi tadbirda “Mukarrammaxonim izdoshlari” bolalar raqs jamoasi “Qoshing qarosi” va “Raqs sehri” kompozitsiyalari bilan faol ishtirok etdi.
Bayramona tadbir yuqori saviyada o‘tdi.