Maktab yangiliklari

Maktabda Angren shahar hokimi sayyor qabul o‘tkazdi

Mahalla nafaqat ijtimoiy hayotda, balki ma’naviy-ma’rifiy tarbiyada ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan faoliyat nafaqat jamiyatda yuksak axloqiy muhitni shakllantirishga, balki yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Joriy yilning 11-iyul sanasida 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Angren shahar hokimi boshchiligida sayyor qabuli o‘tkazildi.

Mahalla faqatgina jismoniy hudud emas, balki ma’naviy tarbiya, jamoaviy hamjihatlik va birdamlik maskani hamdir. Biz tashkil etib kelayotgan tadbirlar – “Mahallam – faxrim”, “Yoshlar va ma’naviyat”kabi loyihalar orqali aholi, ayniqsa, yoshlar ongida o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglik, axloq va odob tuyg‘ularini mustahkamlashni maqsad qilganligini ko‘rsatadi.

Haqiqatan ham, bugungi kunda mahallalarda o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlar odamlar qalbiga yo‘l topayotgan, insonlar orasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlarni mustahkamlayotganini ko‘rib, quvonamiz, mahalladagi har bir fuqaro o‘zini jamoaning ajralmas bir qismi sifatida his etsa, xalqning vijdoni yanada uyg‘onib, jamiyatda tinchlik, totuvlik va taraqqiyot kafolatiga aylanadi deb taʼkidlab oʼtdilar hamda mahallada yashovchi fuqorolari bilan mavjud muammolarni bartaraf etish borasida muloqot olib bordilar.