Maktab yangiliklari

O‘quvhcilarimiz Respublika tanlovi sovindorlari bo‘lishdi

Joriy yilning 13-15-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Ohanglar jilosi” Respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tanlovda ishtirok etib yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi va maktabimiz sha’nini yuksak darajada himoya qilishdi.

Xoreografiya yo‘nalishining 5-sinf o‘quvchisi Pidayeva Diana faxrli 2-o‘rinni egalladi. O‘qituvchi Babadjanova Sayyora Seyfatdinovna.

Tasviriy san‘at yo‘nalishi 4-sinf o‘quvchisi Sunnatullayeva Asalxon faxrli 3-o‘rinni egalladi.

O‘qituvchi Giyasova Nilufar Baratbayevna.

Goliblarni va ularni tayyorlagan ustozlarini samimiy tabriklaymiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!

Tanlov
Tanlov
Tanlov