Maktab yangiliklari

Maktabda viloyat o‘quv-seminari tashkil etildi

2025-yil 6-noyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahar 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha “Ranglar jilosi” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminar jarayonida o‘qituvchilar ranglar orqali hissiyotlarni ifodalash , issiq va sovuq ranglarda ifoda va kompozitsiya yaratish sirlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib berdilar. Bundan tashqari o‘qituvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali ranglarni his etish, ularning iliq va sovuq tonlarini ajratish, shuningdek, turli materiallar bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi.

O‘quv seminarida Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan barcha musiqa va san’at maktablari tasviriy san’at o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar
Seminar
Seminar
Seminar
Seminar
Seminar
Seminar
Seminar