Joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san‘at maktabida 1-sinf o‘quvchilari uchun “Savodxonlik bayrami” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida maktabdagi barcha yo‘nalishlarning 1-sinf o‘quvchilari qisqa muddatda musiqa va san‘at sirlarini puxtalik bilan o‘rganganliklarini namoyish etishdi. Konsertga tashrif buyurgan ota-onalar o‘z farzandlarini sahnadagi ilk ijrolarini ko‘rib, katta hayajon va faxr his tuyg‘ulari bilan tomosha qildilar. Tadbir so‘nggida maktab ma‘muriyati tomonidan barcha o‘quvchilar va ularga saboq berib kelayotgan ustozlari taqdirlandilar.