Joriy yilning 12-noyabr kuni Angren shahar 10-son bolalar musiqa va san’at maktabida Angren shahridagi 9-, 10- va 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasida “Musiqiy zakovat” tashkil etildi. Har bir maktabning o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuv qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi.
Jamoalar hamda maktablar ushbu bellashuvni hududiy o‘quvchilar o‘rtasida ham tashkil etishlari yuzasidan kelishib olishdi.
Bellashuv g‘oliblari keyingi bosqichga tavsiya etildi.