Maktab yangiliklari

Maktabimiz oʻquvchilarining yutuqlari

Joriy yilning 27-28-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Happy stars” nomli xalqaro koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. 9-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi oʻquvchilari ushbu tanlovda faol ishtirok etdilar va yuqori natijalarni koʻrsatdilar. Xoreografiya yoʻnalishining “Bahor”, “Businki”, “Karamelka” raqs ansambllari Gran Pri soxibi boʻldilar.

Pedagog-baletmeysterlar M. P. Madaminova, S.S.Babadjanova.

Tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchilari Veronika Abarova va Asalxon Sunnatullaeva ham Gran Pri bilan taqdirlandilar.

Pedagog N. B. Giyasova.

Amaliy san’at yoʻnalishi oʻquvchisi Asal Abdumajidova Gran Pri, Zabarjadxon Avazxonova va Abdubekova Gulmira 1-oʻrinni egalladilar.

Tanlov
Tanlov
Tanlov
Tanlov
Tanlov
Tanlov
Tanlov
Tanlov