Maktab yangiliklari

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim!”

Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” nomli madaniy- ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Angren shahar hokimi oʻrinbosari Salimjon Anarboev ishtirok etib, ona tilimizning tarixiy ahamiyati, uning davlat ramzlarimiz qatoridagi oʻrni va har bir fuqaro uchun muqaddas ekanligini ta’kidladi. U oʻz nutqida davlat tilini mukammal oʻrganish, uning nufuzini oshirish, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuygʻusini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan ekanini qayd etdi.

Tadbir davomida 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi oʻqituvchilari hamda iqtidorli oʻquvchilari tomonidan ona tilni ulugʻlovchi qoʻshiqlar va raqslar namoyish etildi. Shuningdek, Angren shahar madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Til bayrami
Til bayrami
Til bayrami
Til bayrami
Til bayrami
Til bayrami
Til bayrami