Maktab yangiliklari

Yakuniy hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-may kuni 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2024-2025-o‘quv yilining yakuniy hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturida har bir yo‘nalishlardan eng sara chiqishlar, o‘zgacha kuy qo‘shiqlar kelgan mehmonlarda ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Tadbir davomida xalqaro tanlovlar g‘oliblari, faol o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Tadbir so‘ngida 2024-2025-o‘quv yilida maktabni tugatgan 47 nafar o‘quvchiga guvohnomalar topshirildi. Maktab bitiruvchilariga o‘q yo‘l tilab qolamiz.